| Baho: |
+0; -0
|
“Men futbolni yaxshi ko‘ramanmi, demak, o‘zimni yaxshi ko‘raman” — Krishtianu Ronaldu
“Sen birinchi bo‘lsang, birinchisan, lekin ikkinchi bo‘lsang hech kimsan” — Ronaldu
«Men hammasini tushundim va bajardim. Ammo 19 yoshimda dunyoga mashhur bo‘lishimni aqlimga sig‘dirolmasdim. Bu orzularimning ro‘yobga chiqishi». — Rafael Varan.
«Men otamni unchalik ham tushunmasdim. Lekin bir gapini hech qachon unutmayman, u menga “To‘xtama, o‘g‘lim” derdi. Bu gap hayotimda muhim o‘rin tutdi. Unga rahmat aytaman” —Krishtianu Ronaldu.
«Unutma — o‘ta oddiy narsani murakkablashtirib yuborsang, o‘zing ham qo‘rqib ketasan” — Iker Kasilyas.
“Sardor bo‘lishni xohlaysanmi? Marhamat, qadringni bilsang bo‘lgani” — Serxio Ramos.
“Futbol — muxlislarning mehri, murabbiyning minnatdorchiligi, ishqibozlarning qo‘rquvi va ota-onangizning faxr hissini tuyishi” — Mesut O‘zil.
“Peshona terini to‘kmay, jarohatlanmay turib katta g‘alabalarga erishib bo‘lmaydi” — Kaka.
“Mourinyu yoki Fergyuson? Bu ikki inson «Ferrari» va «Porshe» kabidir. — Krishtianu Ronaldu.
“Maydondagi raqib dushman emas, u hurmatga loyiq. Chunki u atigi 90 daqiqa raqobat qiladi, keyin esa do‘stga aylanishi mumkin” — Anxel Di Mariya
“Menga qimmatbaho butsi kerak emas, ajoyib maydon bo‘lsa bas” — Krishtianu Ronaldu
«O‘yinchilarni tanqid qilishdan oldin o‘zingiz bunga arziysizmi, yo‘qmi, shuni yaxshilab o‘ylab ko‘ring» — Joze Mourinyu.
“Men bolaligimda bir marta qarorimni o‘zgartirganman. O‘shanda menga ishonch bildirgani uchun ota-onamga rahmat aytaman” — Karim Benzema
“Ishonch bilan aytaman, agar Xavi yoki Inyesta bo‘lmasa hech narsa qila olmasligim bo‘lmagan gap” — Lionel Messi
“Hatto oylik to‘lashmasa ham futbol o‘ynayveraman” — Messi
“Men yulduzlarni sotib olmayman, men yulduz tarbiyalayman” — Arsen Venger
“Futbol jamoasi chiroyli ayollarga o‘xshaydi. Go‘zalligini eslatib turmasang, jozibasini esidan chiqarib yuboradi” — Arsen Venger
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|