Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Mazmun.uz — барчаси футбол учун

Mazmun.uz blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Noqobil ota (futbolimizning o‘zgacha talqini)

Baho:
+0; -0

— Dada, men ketaman o‘qishdan, bunday yura olmayman, meni tuzukroq joyga bering yoki o‘qishni tugatib qo‘ya qolay.

Ota uzoq o‘yladi. Lekin boshqa o‘qituvchini tasavvuriga ham sig‘dira olmasdi. Chunki hozirgi malim nari borsa texnikumni tugatgan bo‘lsa-da, u uchun eng yaxshi oshna edi. Ba’zida ellik-ellik olib ham turardilar. Ammo o‘qituvchi unga olam-olam va’dalarni berar, Xudo xohlasa, o‘g‘lingiz zo‘r olim bo‘ladi, deb aytardi. Aslida, otaga ham shunday bir gap kerak edi. U ko‘nglidagi shubhalarni tarqatib yubordi.

O‘g‘li navbatdagi imtihondan ham yiqildi. Yig‘lab keldi oldiga.

— Ota, bu ta’limni o‘zgartirmasam bo‘lmaydi, axir farzandingizman-ku, menga rahmingiz kelsin. Qachongacha uyalib yuraman, — dedi.

Ota tag‘in o‘ylangan bo‘ldi. Ammo hozirgi ustoz uning uchun eng ma’quli edi. Pulini xohlagan payti to‘laydi, ayniqsa, o‘qituvchi uni kunora mehmon qilib turadi. Nafsi hakalak otgan ota esa o‘g‘lini koyidi:

— Qo‘y, siqilma, hali imkoniyating bor-ku, ulgurasan. Yosh bo‘lsang.

O‘g‘il ko‘nikdi. Oradan oylar o‘tdi. 

Davomi

Kiritilgan sana: 25.06.2017 14:31. O'kildi: 10266 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.