Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Alvaro Morata: «Real» va «Bernabeu»dan qarzdorman

Baho:
+0; -0

Alvaro Morata «Real» bilan yana xayrlashmoqchi. Harqalay, uning yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababmi, har kuni ketishiga bog‘liq qandaydir yangi ma’lumot chiqmoqda. Ammo Realmadrid TVning yangi dasturi - Campode Estrellasda ko‘rinish bergan hujumchining o‘zi «Qirollik klubi»dan qarzdor ekanligini alohida ta’kidladi.

Debyuti xususida

- Debyutim «Saragosa»ga qarshi o‘yinga to‘g‘ri keldi: final hushtagi yangrashiga 3 daqiqa qolganida, Marselo to‘pni maydon chetiga tepib yubordi va o‘yinga qo‘shildim. Bu hayotimdagi baxtiyor lahzalardan biridir. «Madrid» libosida maydonga tushish - unutilmas xotira! Yana 5 kundan so‘ng «Qirol kubogi» doirasida «Levante»ga qarshi kechgan uchrashuvda «Bernabeu» maydoniga ilk marta tushdim. Eh, o‘shanda hujumlardan birini gol bilan yakunlashim mumkin edi, biroq...

Bolaligi xususida

- Yoshligimdan futbol «jinni»siman: sumka yoki kitoblarni uyda qoldirishim mumkin edi, ammo to‘pni olish hech yodimdan ko‘tarilmasdi. O‘yin bo‘lsa, boshqa narsaga sira chalg‘imasdim, doimo maydonga tushish ishqida yonardim. Keyin tuni bilan futbol ko‘rib, oz uxlardim. Deylik, biror o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga ulansa, uyqudan shunchaki, voz kechardim.

Ilk jamoasi

- Avvaliga «Atletiko» va «Real»dan qo‘ng‘iroq qilishdi. Ammo otam maktab darsliklarini o‘zlashtirishni yaxshilamagunimcha hech qayerga qo‘yib yubormasligini aytdi. Keyinchalik klubdagilar yana aloqaga chiqishdi va nihoyat, «Atletiko» akademiyasida shug‘ullana boshladim. Biroq u yerda futboldan rohatlanolmadim, negadir qiziqishim pasaydi. Hattoki, tennisga o‘tib ketish xususida o‘ylay boshlagandim.

Jamoalar o‘zgarishi

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 01.06.2017 11:20. O'kildi: 7622 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.