Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

ECHL. Guruh bosqichi. 3-tur. Rekordlar, faktlar, raqamlar + texnik ko‘rsatkichlar...

Baho:
+0; -0

O‘tgan hafta Yevropa chempionlar ligasining 3-tur bahslariga ham yakun yasaldi. Quyidagi maqolamiz orqali ortda qolgan turning diqqatga sazovor voqealari va boshqa turli natijalar hamda rekorlari haqida tanishib olishingiz mumkin.

4 - «Real» himoyachisi Marselo 2018 yil davomida CHL bahslarida 4ta gol urdi. 1994 yili Ronald Kuman («Barselona») va 2000 yili Roberto Karlos («Real») kabi himoyachilar ham shunday natijaga erishgandilar.

5 - Muhammad Saloh - Roberto Firmino - Sadio Mane uchligi CHLning oxirgi 5ta o‘yin badaliga ilk marta birgalikda gol urdi. Bu trioning tengdaniga gol urishi joriy yil 24 aprel kuni «Roma»ga qarshi kechgan bahs (5:2)dan buyon kuzitilmayotgandi.

6 - «Portu» CHL guruh bosqichida 6ta o‘yindan buyon yutqazmayapti. Lissabon klubining bu boradagi eng yaxshi natijasi 2014 yil sentyabr - 2015 yil noyabr oralig‘iga to‘g‘ri keladi - 10ta mag‘lubiyatsiz o‘yin.

10  - Paulo Dibala CHLdagi gollari sonini 10taga yetkazib qo‘ydi.

13 - Mavsum-2005da «Sparta» darvozasini 90+1-daqiqada ishg‘ol qilib, durangga erishgan «Ayaks» oradan 13 yil 1 oy 9 kun o‘tib, qo‘shimcha daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.

13 - «Borussiya» D. klubining angliyalik vakili Jeyson Pancho «Atletiko» darvozasiga gol urdi. Mavsum-2005, ya’ni 13 yil oldin Devid Bekxem «Real» safida «Rusenborg» darvozasini nishonga olganidan buyon ingliz futbolchilarining boshqa mamlakat jamoasida gol urishlari kuzatilmagandi.

14 - «Barselona» 2003 yilning aprelidan buyon o‘z maydonida Italiya klublariga yutqazmayapti. Kataloniyaliklar 14 yil davomida italyanlar bilan 14 marta kuch sinashib, 11ta g‘alaba va 3ta durang qayd etishdi.

15 - Dris Mertens «Napoli»da debyut qilganidan buyon CHLda 8ta gol urib, 7ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Bu vaqt oralig‘ida Neapol jamoasida hech kim shunday mahsuldorlik ko‘rsatgani yo‘q.

18 - Mussa Silla «Monako» safida gol urgan eng yosh futbolchilar ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarildi (18 yoshu 333 kun). Eslatma, Kilian Mbappe 18 yoshu 63 kunligida gol urib, knyazlik klubi tarixidan joy olgandi.

19 - «PSJ» CHLda ketma-ket 19ta o‘yindan buyon gol urmoqda.

21 - Yaqinda jarohatdan keyin maydonga qaytgan «Tottenxem» yarim himoyachisi Kristian Eriksen barcha musobaqalar doirasida 21-marta golga assistentlik qildi.

47 - Robert Levandovski turnirdagi 47-golini nishonladi. Polshalik hujumchiga CHL|CHK to‘p-urarlarining yuqori 10taligiga kirishi uchun unga yana 2ta gol kerak. Umuman olganda, bu futbolchi yevrokuboklarda 99ta o‘yin o‘tkazib, 54ta golga mualliflik qilgan.

50 - Muhammad Saloh «Liverpul» safidagi 65-o‘yinida yubiley - 50-golini nishonladi. Vaqtida Fernando Torres «qizillar» safida 50ta gol marrasiga yetish uchun 72 marta maydonga tushgandi.

391 - Diyego Simeone «Atletiko» bosh murabbiyi rolidagi 391-o‘yinda eng qaqshatqich mag‘lubiyatga duchor bo‘ldi: «matraschilar» argentinalik mutaxassis davrida ilk marta 0:4 hisobida yutqazishdi.

511 - «Napoli» sardori Marek Gamshik klub safida 511-marta maydonga tushib, bu borada Juzeppe Bruskolotti rekordini yangiladi.

TEXNIK KO‘RSATKICHLAR

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 30.10.2018 12:37. O'kildi: 9396 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.