Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Suso: «Enfild»da «MYu»ga qarshi debyut o‘yinim xotiramga muhrlangan»

Baho:
+0; -0

Jennaro Gattuzo ishonchni oqlab, «Milan»ning «A» seriyadagi ahvolini ancha epaqaga keltirdi. «Rossoneri» yarim himoyachisi Suso ayni payt eng faol o‘yinchilar qatorida.

La Gazzetta dello Sport nashri shuni inobatga olib, futbolchini maxsus suhbatga chorladi.

- Unutilmas o‘yinlaring reytingini tuzish zarurati tug‘ilsa, «Milan derbisi» (Suso bu uchrashuvda 2ta gol urdi)ni qaysi o‘ringa qo‘yarding?

- Shubhasiz, 1-o‘ringa. Zero, o‘sha bahs hayotimdagi eng unutilmasi bo‘ldi. «Enfild»da «MYu»ga qarshi kechgan o‘yinda «Liverpul» safida debyut qilganim ham xotiramga muhrlangan. Yana Italiya superkubogi uchun bahsda «Yuventus»ni yengganimiz muhim o‘rin tutishi tayin.

- O‘tgan yilning avgustida «Inter» seni sotib olishga uringani haqida ko‘p yozildi. Shu masalaga ham oydinlik kiritsang...

- Chindan ham, yozda jamoadan taklif oldim. O‘sha vaqt endigina yangi agent bilan ish boshlagandim. «Milan» vakillari va agentimning «neradzurri»ga qanday javob berishganini bilmayman. Muhimi, o‘zim jamoada qolib, shartnoma muddatini uzaytirishga zarracha shubhalanmagandim.

- Xo‘sh, kelajaging haqida nima deya olasan?

- Qaytaraman, shartnomani uzaytirmasdan ketishim mumkin edi, ammo bu yerda hammasi joyida ekanligi sabab qolishni ma’qul ko‘rdim. Ha, zamonaviy futbolda «Umrbod birgamiz» tushunchasi o‘z ahamiyatini yo‘qotib ulgurdi. Hozirgi vazifam aniq - joriy mavsumni yuqori notada tugatishim kerak.

- Seningcha, «Milan derbisi»ning o‘ziga xos tomonlari nima?

- «San Siro»ning to‘lib-toshishi va o‘yindan oldingi xoreografiya. «Enfild» ham chiroyli stadion, ammo unda hech qachon bunday xoreografiyani ko‘rmaganman. Umuman, bu o‘yin butun shahar diqqat markazida turadi.

Deylik, shaxsan men oilamning barcha a’zolaridan tashqari, yana 4 nafar do‘stimga taklifnoma bergandim. Shunga yarasha «dubl»ga erishdim. Demak, endi ular har safar derbini stadionda kuzatishlari shart.

- «Inter» vakili Milan Shkrinyar o‘yindan oldin ochiq gapirdi: «Agar imkon berilsa, «Milan» tarkibidan Susoni olib tashlardim». Qiziq, sen «Inter»dan kimni «yo‘qotish»ni xohlarding?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 24.03.2018 09:48. O'kildi: 17510 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.