Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Yuriy Syomin: «Lokomotiv» favorit emas»

Baho:
+0; -0

Hamyurtimiz Vitaliy Denisovning klubi - «Lokomotiv» qishki tanaffusga Rossiya premyer-ligasi-2017|2018 turnir jadvali peshqadami sifatida chiqdi.

Diqqatga sazovor tomoni, «temiryo‘lchilar» 20-turdan keyin eng yaqin ta’qibchilar - «Zenit» va «Spartak»dan naq 8 ochkoga o‘zib ketishdi.

Xo‘sh, Yuriy Syomin jamoasi finishga qadar ushbu ustunlikni saqlab qolib, ajoyib imkoniyatdan foydalana oladimi? Yuriy Pavlovich o‘rtadagi katta farqqa qaramay, kamtarona fikr bildirmoqda:

«Zenit»ga oxiriga qadar munosib raqobat taqdim etish uchun qishki transferlar bozori payti tarkibni imkon darajasida kuchaytirishimiz shart».

Har holda, «Loko» bosh murabbiyi «Sovetskiy sport» gazetasiga bergan intervyusida klubning muvaffaqiyatli yurishi sabablariga to‘xtalish barobarida chempionlik poygasida favorit emasliklarini alohida ta’kidladi.

- O‘yinlarga tayyorgarlik jarayonida futbolchilar barchasiga katta mas’uliyat bilan yondashmoqdalarki, aynan shu holat muvaffaqiyatlarimizga asos bo‘lib xizmat qilmoqda - shogirlariga maqtov yo‘llash bilan so‘z boshladi Yuriy Syomin «Tosno»ga qarshi o‘yin (3:1)dan keyin. - Yigitlar eng mayda jihatlarga ham talab darajasida e’tibor qaratishyapti.

Bu masalada faqat boshlang‘ich tarkibda maydonga tushayotganlarni emas, balki nisbatan kam o‘yin vaqtiga ega bo‘layotgan futbolchilarni ham alohida maqtashni xohlardim.

Demakki, jamoamizda yakdillik, hamjihatlik, ya’ni barqaror muhit hukmron. Futbolchilar maqsadimiz, oldimizda turgan vazifalar mohiyatini teran tushunishadi. Muhimi, ular buni o‘yinlardagi harakatlari bilan ham ko‘rsatib kelishyapti.

- «Lokomotiv» qishki tanaffusga xotirjam holda chiqdi: eng yaqin ta’qibchilarga nisbatan naq 8 ochko ko‘p to‘pladinglar. Shunga muvofiq, jamoangizni chempionlik poygasining bosh favoriti sifatida tilga olish mumkinmi?

- Ochig‘i, o‘zimizni hech qachon favorit o‘rnida ko‘rmaganmiz, ko‘rmaymiz ham. «Lokomotiv»ni mehnatkash jamoa sifatida ta’riflash ma’qulroq. Umidvormanki, o‘yinimiz turdan-turga yaxshilanib boraveradi. Xullas, favorit emasmiz, bu maqom boshqalarga siylov...

- Qishki transferlar bozori uchun qanday masalalar qo‘yilgan? Xabarlarga qaraganda, «Loko» Dzyubani sotib olishni ko‘zlayotgan ekan.

- Tushunarliki, «Zenit» bilan oxirigacha chinakam raqobatlashish uchun tarkibni kuchaytirishimiz shart. Lekin hozir aniq familiyalarni tilga olishdan ma’no yo‘q. Bir narsa aniq, ayni payt tarkib ehtiyojiga qarab, eng zarur futbolchilar bilan shartnoma tuzishga urinib ko‘ramiz.

- «Lokomotiv»da bir qator yosh futbolchilar bosh ko‘tarishdi. Ya’ni yoshlarning katta guruhi birdaniga ko‘zga tashlandi. Bunday ijobiy holat nima bilan bog‘liq?

DAVOMI

Kiritilgan sana: 28.12.2017 10:28. O'kildi: 7674 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.