Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Muhammad Saloh: «Chelsi» haqida gapiradigan gapim yo‘q»

Baho:
+0; -0

Misr milliy jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh «Liverpul» safiga qo‘shilgunga qadar ham Angliyada to‘p surgandi.

Biroq «Chelsi» asosiy tarkibidan muqim joy ololmaganidan keyin Italiyaga yo‘l olgandi. Mana, Yurgen Klopp boshqaruvidagi «qizillar» arab futbolchisini 42 mln. evaziga APLga qaytarishdi.

«Liverpul»ning yangi vakili yaqinda Sky Sportsga bergan intervyusida ikkinchi urinishda tumanli o‘lka futbolini zabt etishga shaylanganini yashirmadi.

***

- «Liverpul» ayni ko‘nglimdagi jamoa. Mana, chinakam buyuk klub futbolchisiga aylandim va orzularim nihoyat, ushaldi. Taklif olgach, bu xususda uzoq o‘ylamaganim sababi ham shu. 

Balki ishonmassiz, ammo bu haqiqat: butun bolaligim davomida PlayStationda aynan shu jamoani tanlardim. Endi jamoa libosida maydonga tushish imkoniga egaman. Bu har kimga ham nasib etavermaydigan baxt.

***

- Ayniqsa, Stiven Jerrard, Sami Xyuyupya va Jeymi Karrager harakatlarini maroq bilan kuzatardim. Hamon o‘sha tarkib o‘yinlarini yaxshi eslayman. Xullas, jamoa o‘ta yorqin futbol namoyish qilardi. O‘shanda atigi 7 yoshli bolakay edim, shunga qaramay, futboldan chinakamiga lazzatlanganman.

***

- Rim klubidan ketishim sababi bitta - shunchaki, o‘sishda davom etishni istadim. Bilamanki, Liverpulda futbolning bir bo‘lagi hukmron. Muxlislar ham juda ehtirosli. Bu hattoki, o‘rtoqlik o‘yinlarida ham sezilib turadi. Tabiiyki, jamoaga imkon qadar yordam berishni istayman. Umid qilamanki, bu yerda ko‘plab sovrinlar sohibiga aylanaman.

***

- «Chelsi»dagi faoliyatim xususida aniq fikr bildirishim qiyin. Umuman, doimo qalban Angliyaga qaytishni xohladim.

DAVOMI

Davomini telegram orqali o‘qish

Kiritilgan sana: 02.09.2017 10:52. O'kildi: 7578 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.