Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Alvaro Morata: Endi «Real»ga qaytmayman

Baho:
+1; -0

Nihoyat, «Real» «changali»dan qutulgan hujumchi Alvaro Morata Los-Anjeles - London aviareysi orqali «Chelsi» ixtiyoriga yo‘l olish arafasida AS nashriga qisqacha intervyu berib, «Qirollik klubi»dagi faoliyati va yangi jamoasi xususida fikr yuritdi.

Alohida ta’kidlash kerak, londonliklar Morata transferi uchun 80 mln. yevro sarflab, u bilan birdaniga 5 yillik shartnomani rasmiylashtirdilar. Ispan yigiti Londonda yiliga 9 mln. yevro miqdorida maosh oladi.

O‘z transferi xususida

- Joriy yoz fasli men uchun turli voqealarga boy, g‘ayritabiiy tarzda o‘tdi. Nima bo‘lganda ham, ertaga meni anchadan buyon o‘z safiga qo‘shib olishga urinayotgan klub ostonasiga qadam qo‘yaman, doimiy ravishda muloqot qilib turgan murabbiy bilan uchrashaman.

Shu bois, g‘oyat baxtiyorman! Qanday voqealar yuz berishidan qat’iy nazar, bu yerda vaqtni behuda sarflamadim, astoydil shug‘ullandim. Maqsadim shu edi. Ha, «Real»dan ketish qayg‘uli, albatta. Lekin umid qilamanki, «Chelsi»da hammasi yaxshi bo‘ladi.

«Madrid» muxlislariga  murojaat

- «Qirollik klubi» sharafini himoya qilish ham maroqli, ham faxrli bo‘ldi. So‘z beraman, doimo «Madrid»ga tarafkashlik qilaman. Faqat «Chelsi»ga qarshi uchrashuvlar bundan mustasno.

Zidan bilan xayrlashuv

- Bosh murabbiyga yil davomida menga ko‘rsatgan hurmati va g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirdim. Shuningdek, keyingi ishida omad tiladim.

«Real»ga qaytish xususida

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 28.07.2017 09:45. O'kildi: 10053 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.