Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Yaxshidan bog‘!

Baho:
+0; -0

O‘FF rahbari Mirabror Usmonov bugun 70 yoshlik tavallud ayyomini nishonlamoqda. U haqda hattoki, internetning cheksiz sarhadlarida ham ma’lumotlar u qadar ko‘p emas.

«Vikipediya»da keltirilishicha, Mirabror Zufarovich 1947 yilning 4 iyulida Toshkentda tug‘ilgan va 1978 yili Samarqand kooperativ institutining iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini esa Toshkent shahridagi restoranlardan birida oshpaz sifatida boshlab, keyinchalik trest rahbarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

Mustaqillik yillari savdo vaziri, «O‘zbeksavdo» kompaniyasi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ish olib borgan. Mirabror Zufarovichning qisqacha tarjimai-holi shu.

Ammo biz - o‘zbek futboli muxlislari bu insonni 2006 yildan buyon yaqindan taniymiz. U aynan o‘sha yili O‘FF prezidenti sifatida faoliyat yurita boshladi va shu bilan milliy futbolimiz mutlaqo yangi davrga yuz tutdi.

Tan olaylik, eng ashaddiy tanqidchilar ham aynan 2006 yildan ko‘tarilish davri boshlanganini inkor etolmaydilar. Chunonchi, bunga qadar nafaqat klublar, balki O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham sharoitlar hamin­qadar edi.

Mirabror Usmonov ish boshlagach, hattoki, bolalar jamoalarining ham xorijda yig‘in tashkil etishi odatiy holga aylandi. Ayniqsa, futbol infratuzilmasi haqida alohida to‘xtalish lozim.

Bir eslang, avvallari klublarimiz stadionlarida sharoit qanday edi? Bu masalada eng sara jamoalar ham aytarli maqtanolmasdi. Endi-chi? Autsayder klublarning ham zamonaviy stadionlarda to‘p surishiga ko‘nikib ulgurdik.

Diqqatga sazovor tomoni, Mirabror Zufarovichning faoliyati faqat futbol bilan bog‘liq emas. U 2013 yildan e’tiboran, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasini ham boshqarib kelmoqda. Usmonov rahbarligi davri qo‘mita hayotida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergani sir emas. Misol uchun, u yangi lavozimda ish boshlagani hamono Toshkent markazida MOQ uchun alohida bino qurilishiga bosh-qosh bo‘ldi. Buning samarasi o‘laroq, butun shahar bo‘ylab «sochilgan» federasiyalar boshi biriktirildi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 04.07.2017 17:39. O'kildi: 7380 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.