Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Venger o‘rniga kim keladi?

Baho:
+0; -0

Mavsumning hal qiluvchi pallasi yetib kelmoqda, Arsenal klubi esa fevral oyining o‘zidayoq chempionlik shoxsupasidan chiqib ketish arafasida. Bundan tashqari esa Arsenal o‘zining sug‘ur kunini davom ettirish arafasida. Arsen Venger hali ham yangi shartnomaga qo‘l qo‘ygani yo‘q, balki umuman qo‘ymas ham. Buyuk fransuzni o‘rnini bosuvchi mutaxassisni qidirishning ayni paytidir. Biz esa sizni mana shu 5 ta nomzod bilan tanishtirib chiqamiz.

Kutilayotgan nomzod: Massimiliano Allegri (Yuventus)

Hamma taraflama bukmeykerlar taxminiga ko‘ra aynan Massimiliano Allegri, Venger o‘rnini bosish uchun favorit hisoblanadi. 1xbet taxminiga ko‘ra Allegriga 4.5 koeffisiyent, Tomas Tuxelga – 5.0, Eddi Xau – 6.0, Diyego Simeone – 26.0, Patrik Viyeyra va Rafael Benitesga – 13.0.

Ayni paytda Premyer Liga uchun Italiyalik mutaxassislarni tayinlash an’anaga kirgan – Klaudio Ranyeri “Lester Citi” jamoasi bilan o‘tgan mavsum chempioni, Antonio Konte shu mavsumning chempionligini qo‘lga kiritish arafasida. Shundan kelib chiqqan holda, Allegrini Venger o‘rnini bosadigan asosiy nomzod deyishimiz mumkin. Allegri, Yuventusda ajoyib jamoani tashkil etgan Kontening ishini nafaqat davom ettirdi, balki jamoani rivojlantirdi ham. Ammo hozirda Allegri shogirdlari bilan iliq munosabatda emas, shuning uchun ham Turinda ko‘p ushlanib qolmaydi va Italiyalik mutaxassis uchun «Arsenal» klubi eng yaxshi variant sifatida to‘g‘ri kelishi mumkin. Ammo Aleks «Arsenal» klubiga to‘g‘ri kelarmikan?

Allegri Yuventusda Konteni o‘rnini egallab uning tayyorlagan jamoasidan yangi kollektiv yasay oldi va shu o‘yinchilar bilan Chempionlar Ligasining finaligacha yetib bordi. Milanda aynan tartibsizlik natijasi o‘laroq, Allegri u yerda ishlay olmadi. Ammo Yuventusda vaziyat oson edi: tarkibdagi va o‘yin uslubiga biroz o‘zgartirish; va Allegri bu masalani yechishga imkon topdi. Allegrini o‘z o‘yin uslubi, Italiyada bir necha yutuqlari bor. Bu yutuqlari unga qo‘shimcha kuch bag‘ishlashi mumkin «Arsenal» futbolchilari oldida.

Allegrining «Arsenal» bosh murabbiyi bo‘lib tayinlanishi uchun muxlislarning o‘zlari qarshi bo‘lishlari mumkin, chunki «Arsenal» muxlislari jamoasining hujumkor o‘yiniga o‘rganib qolishgan. Italiyalik mutaxassisning tayinlanishi esa, nimaiki bo‘lmasin himoyaviy o‘yin, yoki 3 himoyachi bilan harakatlanishi demakdir. Bir tomondan esa muxlislarning kubokka tashnaligini hisobga olsak, ular jamoaning o‘zgarishini kutib turishga tayyor ekanliklarini ko‘rishimiz mumkin. Agar faqat sevimli jamoalari Premyer Ligada g‘alaba qozonsagina… Shuning evaziga kutishlari mumkin.

Kutilayotgan transferlar: Leonardo Bonuchchi, Klaudio Markizio, Alvaro Morata

Izdosh, hamyurt: Lyusen Favr (Nitsa)

Agar «Arsenal» rahbariyati Arsen Venger uslubidagi murabbiyni tayinlashni xohlasalar, ya’ni kelib chiqishi (fransuz-nemis), Lyusen Favr ajoyib nomzod sifatida to‘g‘ri keladi.

Lyusen Favr “Borussiya”ning Myunxengladbox jamoasi bilan erishgan natijalari bilan mashhurdir. Favr “Borussiya”da ajoyib jamoa tashkil etib, uni Chempionlar Ligasiga qaytardi. Favr jamoasi har doim katta tempda, pressing hamda jozibador o‘yin tashkil etib o‘ynaydi. Myunxengladbaxda Favr hozirgi «Arsenal» tayanch yarim himoyachisi Granit Jaka bilan birga ish olib borgan va uni qanday ishlatishni yaxshi biladi.

Hozirda esa Favr “Nissa” jamoasi bilan ajoyib natijalarga erishib, Klod Pyuyel boshlagan ishni yomon davom ettirayotgani yuq. Jamoa hozirda Fransiya chempionatida 3 o‘rinni egallab, 19 turgacha turnir peshqadami bo‘lib kelayotgan edi. Favr o‘zi bilan yosh fransuz o‘yinchilarni ham birga olib ketishi mumkin. Masalan: Malanga Sarrni, Vaylana Sipriyenni, Jana Sera.

Kutilayotgan transferlar:Malanga Sarr, Vaylana Sipriyen, Temu Bakayokko

Tavakkal nomzod: Marku Silva (Hall Siti).

Ba’zi murabbiylar borki ularning shon-shuhrati kundan-kunga oshib boqmoqda. Ularning biri Marku Silvadir. U birinchi oydayoq o‘zini Hall sitida ajoyib tarzda namoyon etdi. Marku autsayder jamoadan, yuqori jadvalda kurashuvchi jamoa yarata oldi. Hattoki o‘zining yetakchi o‘yinchilar (Snodgrass va Livermor) dan ajralgan bo‘lsada, grand jamoalarga ancha muncha bosh og‘riq bo‘lmoqda.

Marku Silva Emireyts stadionida Arsenalga yutqazgan, Chempionlar Ligasida o‘zining sobiq jamoasi “Olimpiakos” bilan Arsen Venger ustidan g‘alaba qozongan edi. Portugaliyalik mutaxassisni ko‘pchilik tanimas edi, Hall sitiga tayinlanishidan oldin. Lekin hozirda uning yangi g‘oyalari tufayli Yevropaning istiqbolli murabbiylaridan biri sanashmoqda.

Yana uning top klub bilan ishlash bo‘yicha tajribasi ham bor. U “Olimpiakos” jamoasi bilan XXI asrning rekordini yangilagan, 17 ta g‘alaba ketma-ketligi bilan.

Kutilayotgan transferlar:Jelson Martinsh, Vilyam Karvalyo, Rui Patrisiu

Fantastik nomzod: Davomi

 
Kiritilgan sana: 14.03.2017 16:32. O'kildi: 9586 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.