Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Tomirida "Barsa" qoni oqayotgan futbolchilar

Baho:
+0; -0

Jahon futbolida o‘z uslubiga ega bo‘lgan jamoalar juda ko‘p. Ular orasida “Barselona“ ajralib turadi.

“Barsa” transfer bozorida iloji boricha o‘z o‘yin uslubiga tushadigan futbolchilarni xarid qilishga urinadi. Bu esa yangi futbolchilar jamoaga tez moslashib ketishiga yordam beradi.

Bugun siz bilan “Barselona” o‘yiniga bemalol moslashib keta oladigan, ammo jamoada to‘p surmagan futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

David Silva

Futbolchi 6 yil davomida “Barselona”ga yaqin joyda to‘p surdi. “Valensiya”, “Eybar” va “Selta”da to‘p surgan David 2010 yil Angliyaga yo‘l oldi. O‘yinni o‘qiy olishi, to‘pni mahorat bilan uzatishi orqali David Silva boshqa yarim himoyachilardan ajralib turadi. Angliyada u to‘p uzatish bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etdi. Silva yozda Manchesterni tark etadi. Lekin afsuski, “Barselona“ga kelmaydi. 34 yoshli futbolchi endi shiddatkor futbol namoyish eta olmaydi. Shunday ekan, balki MLSga yo‘l olishi mumkin.

Xabi Alonso

Xabi Alonso – 80 yillarda “Barselona“ tarkibida to‘p surgan Periko Alonsoning farzandi. Xabi Ispaniyaning “Real Sosyedad” jamoasida to‘p surdi va 23 yoshida “Liverpul”ga o‘tib ketdi. 5 yildan so‘ng Ispaniyaga qaytdi. “Barselona”ga emas, uning azaliy raqibi “Real Madrid” safiga kelib qo‘shildi. Madridliklar futbolchi uchun 34,5 mln yevro to‘ladi. Ammo Xabi Alonsoning o‘yin uslubi “ko‘k-anorranglilar” uslubiga mos tushardi. O‘sha paytda tayanch yarim himoyada “Barsa” tarkibida Serxio Buskets porlab chiqayotgandi. Alonso asosiy tarkibdan o‘rin olishi qiyin masala bo‘lardi. Pep Gvardiola baribir Xabi Alonso bilan 2014 yildan 2016 yilga qadar “Bavariya” safida ustoz-shogird sifatida birga ishlashdi.

Mikel Arteta

“La Masiya” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Mikel Arteta asosiy jamoada biror marotaba ham maydonga tushmadi. 2002 yilda kataloniyaliklar futbolchini Britaniyaga qo‘yib yubordi. Artetani “Reynjers” o‘z safiga qo‘shib oldi. Undan so‘ng “Real Sosyedad” va “Everton” jamoalarida to‘p surgan Mikel, keyinchalik “Arsenal” safida yetakchilardan biriga aylandi. Arsen Venger futbolchining mahoratiga yuksak baho bergandi. U “Barselona” tarkibiga ham qo‘shilib, bemalol o‘yin uslubiga moslashib keta olardi. Har holda “Barsa” tarbiyalanuvchisi. Afsuski, unga Kataloniya jamoasida to‘p surish nasib etmadi.

Andrea Pirlo

Davomi bu yerda

Kiritilgan sana: 04.05.2020 08:14. O'kildi: 3926 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.