Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Cho‘kayotgan “Titanik” yoxud “Milan”ni qayta tiklab bo‘ladimi?

Baho:
+0; -0

Bir paytlar “Milan” nafaqat Italiyaning, balki dunyoning eng kuchli klublaridan biri hisoblanar, xalqaro musobaqalar uning ishtirokisiz o‘tmasdi. Ayni damda esa italyan klubining qachon oxirgi marta YECHLda o‘ynaganini unutib ham qo‘yayozdik. Boisi, jamoa inqirozga tushib qoldi. Oqibatda Italiya A seriyasida quyi o‘rinlar bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. So‘nggi mavsumda ham “Milan” 6-o‘rinni egalladi. Bu esa jamoaga yarashmagan natija hisoblanadi.

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi? Bunga nima sabab bo‘ldi? Buning birinchi sababi jamoada oxirgi paytlarda keraksiz murabbiylarning tayinlanishi va murabbiylarning ko‘p almashtirilishi bo‘ldi. Xo‘sh, nega tajribasiz murabbiylar tanlandi? “Milan”ning sobiq rahbariyati murabbiy tanlashda nomga uchdi, bir paytlar ajoyib o‘yin ko‘rsatgan nomdor futbolchilarni jamoa boshqaruviga olib keldi va yanglishdi. Chunki yaxshi futbolchi degani bu kelajakda yaxshi murabbiy bo‘ladi, degani emas. Masalan, Maradona o‘z davrida zo‘r hujumchi bo‘lgan va tabiiyki, u faqat hujum chizig‘ida qanday o‘ynashni mukammal biladi. Yarim himoya, himoya va darvoza chizig‘iga uning tishi o‘tmaydi. Undan professional murabbiy chiqmaganining sabablaridan biri ham shu. Xullas, mashhurligiga uchib taklik qilingan mutaxassislar “Milan”ni botqoqqa botirdi. Eng yomoni, ana shunday tajribasiz murabbiylar jamoaga bir qator tajribasiz futbolchilarni ham jalb qildi. Natijada ayni damda “Milan”da jamoaning darajasiga tortmaydigan futbolchilar talayginani tashkil qiladi.

Xo‘sh, “Milan”ni qayta tiklashning imkoni bormi?

Davomi

Kiritilgan sana: 08.06.2017 16:14. O'kildi: 7607 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.