Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

“Barselona” “Yuventus”ga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazmadi. Futbolchilarga qo‘yilgan ballar

Baho:
+0; -0

Kataloniyaliklar “Yuventus”ni mag‘lub etgan bo‘lsa-da, judayam zo‘r o‘yin o‘tkazdi deya olmaymiz. Keling, futbolchilarga qo‘yilgan ballarga nazar solamiz.

Neto. 6,5 ball. Shunchaki normal o‘yin o‘tkazdi. Ofsayddan urilgan gollarni hisobga olmasa, “Yuve” aytarli hujum ham qilmadi. Neto menga Bravoni eslatib yuboryapti. Klaudio ham birinchi mavsumida quruq o‘yinlar ko‘p o‘tkazgandi. To‘g‘ri, Bravo Netodan ko‘ra kuchliroq bo‘lgan. Ter Shtegen tuzalsa, katta ehtimol bilan Netoni asosiy tarkibda ko‘rmaymiz.

Serxi Roberto. 7 ball. Stabil o‘yin ko‘rsatdi. Qora ishlarda foydasi tegdi, himoyada o‘zini ko‘rsata oldi.

Kleman Langle. 6,5 ball. O‘yinni yomon o‘tkazmadi, birinchi bo‘limda aynan uning pozitsiyasidan ko‘p hujumlar o‘tib ketdi.

Xordi Alba. 6,5 ball. Negadir oxirgi paytlarda Alba o‘ziga o‘xshamayapti. Raqiblarni bir necha marta o‘tkazib yubordi.

Ronald Arauxo. 6 ball. Jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymadi. Afsuski, jarohat olib, tanaffus paytida almashtirildi. Undan shundoq ham ko‘p narsa kutishmagan edi. Pozisiyalarni yopdi.

Batafsil o‘qish uchun ssilkaga bosing

Kiritilgan sana: 31.10.2020 00:33. O'kildi: 7713 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.