Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Kun tahlili: Ronalduning o‘rinbosari qani?!

Baho:
+0; -0

“Qirollik klubi” portugaliyalik superyulduzi jamoadan ketganidan beri uning o‘rniga nomzodlar qidirish bilan ovora, biroq hanuz birorta munosib o‘rinbosar Madridga olib kelingani yo‘q. Transfer bozori yakunlanishi arafasida bu umuman amalga oshmasligi ham mumkin.

Bundan bir yili oldin Neymar “Barselona”ning “Pari-Sen-Jermen”ga almashtirgan edi. “Ko‘k-anorranglilar” transfer bozori yakunlanishi arafasida unga o‘rinbosar sifatida qimmatga bir necha futbolchilarni harid qilgandi.

Bu safar “Real Madrid” huddi shu vaziyatga tushib qolgan. O‘tgan oyda “Real”ni “Yuventus”ga almashgan Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar olib kelish uchun Peres klubida “Barselona”dagidan ko‘ra ko‘proq vaqt bor edi. O‘z tarixidagi eng yaxshi futbolchiga o‘rinbosar olib kelish uchun hatto yaqinlashishgani ham yo‘q.

Krishtianu Ispaniyadagi to‘qqiz mavsumi davomida madridliklar uchun 438 o‘yinda 450 gol urishga erishdi. Xulen Lopetegi tarkibi iqtidorlarga to‘la bo‘lsada bunday statistikaga yaqinlasha oladigan birorta futbolchi yo‘q.

Bu esa “Real” va klub xo‘jayini Florentino Peres uchun jumboq. Madridliklar prezidenti avval “Galaktika” qurish siyosati bilan shuhrat topgan edi. Biroq 2014-yilgi Jahon Chempionatidan keyin 80 million yevroga sotib olingan Xames Rodriges “Real”ning so‘nggi yirik haridi bo‘lib turibdi.

Shu kunlarda jahon futbolining eng yaxshilari faqatgina bir necha super klublarda jamlangan. Portugaliyalik futbolchining o‘rnini to‘ldirish uchun atigi bir necha variantlar bor, xolos.

“Real”ning asosiy nishonlari – Kilian Mbappe va Neymar edi. Biroq ispan jamoasi ushbu yozda ikkala futbolchining birortasini olmoqchi emasligini ma’lum qildi.

Braziliyalik va fransiyalik hujumchi “PSJ”da atigi bir mavsum o‘tkazgani sababli sotuvga qo‘yilmaydi. Ularni harid qilish esa imkonsiz.

Eden Azar Ronalduni to‘ldirishi mumkin bo‘lgan yagona variant sifatida ko‘rilayotgandi. Belgiyalik hujumchi Jahon Chempionatida porlay oldi va musobaqaning “Kumush to‘p” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Uning “Chelsi”ni tark etib “Santyago Bernabeu”ga ko‘chib o‘tishi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi. Ammo Davomi:

Kiritilgan sana: 05.08.2018 14:51. O'kildi: 4886 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.