Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Franko va “Barsa” – Yolg‘onlar xronikasi

Baho:
+0; -0

Kataloniya jamoasi har doim diktaturaga qarshi kurashib kelganini “Barsa” tasdiqlaydi. Chunki ularga Fransisko Franko ularga zarar yetkazgan. Keling, bugun shu haqida suhbatlashamiz. Tarixdagi haqiqatlar, faqat faktlar bilan.

1939 – Ispaniyadagi urush nihoyasiga yetdi. Franko diktaturasi hokimiyat tepasiga keldi. Birinchi besh yillikda “Atletiko Aviasyon” (bo‘lajak “Atletiko Madrid” jamoasi), “Valensiya” va “Atletik Bilbao” mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

1942 – Kataloniyaliklar birinchi bor Generalissimus Kubogini qo‘lga kiritdi (“Barselona” – “Atletik Bilbao” 4:3)

1945 – “Barsa” Franko davrida ilk bor chempionlikni nishonladi. “Madrid” jamoasidan bir ochko oldinlab ketdi. Ikkinchi Ispaniya Respublikasi davrida (1931 dan 1939yilgacha) “ko‘k-anorranglilar” biror marotaba chempionlikni qo‘lga kiritishmagandi.

1950 – Kubala, o‘sha paytda Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri, “Barselona” bilan shartnoma imzoladi. Turli manbalarning aytishicha, Franko tuzumi bunga yordam bergan. Diktatura futbolchi bilan shartnoma imzolash bo‘yicha hujjatbozliklarni osonlashtirgan.

1951 – Franko davrida Barselona qayta kvallifikasiyaga ruxsat berdi. Ular “Riyera Blanka” va “Maternidad” o‘rtasidagi yerlarni “Diagonal”ning so‘nggi zonasida joylashganlarga bo‘lib berishga rozi bo‘ldi.

Agusti Montal Galobart, o‘sha vaqtdagi “Barsa” prezidenti (1946 dan 1952  yilgacha), o‘zining oltin nishonini Frankoga berdi. Bu voqea “ko‘k-anorranglilar”
“Real Sosyedad” ustidan g‘alaba qozonib, Generalissimus Kubogini qo‘lga kiritganidan bir necha daqiqa o‘tib sodir bo‘ldi.

1953 – Franko shaxsan o‘zi qatnashib, “Barselona”ni erishgan sovrinlari (1952/53 yilgi mavsum chempioni va 1952/53 yilgi mavsum Generalissimus Kubogi sohibi) bilan tabrikladi. Kubalani sotib olganidan so‘ng, “Barselona” o‘zining ikkinchi chempionati va uchinchi Generalissimus Kubogini qo‘lga kiritayotgan edi.

Batafsil o‘qish uchun silkaga bosing

Kiritilgan sana: 04.10.2020 19:02. O'kildi: 3853 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.