Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Superliga: 14-tur ramziy terma jamoasi (Penalti.uz tasnifiga ko‘ra)

Baho:
+0; -0

“Penalti.uz” sportga ixtisoslashgan axborot portali O‘zbekiston Superligasi 2-davrasidan e’tiboran o‘z tasnifiga ko‘ra tur ramziy terma jamoalarini e’lon qilishni boshlaydi.

Dastlab, ikkinchi davraga 14-tur o‘yinlari orqali 26-27 iyul kunlari start berildi. Tur ramziy terma jamoasi 3-4-3 taktik sxemasi asosida tuzildi.
Ramziy jamoa darvozaboni roliga «Qizilqum» davozaboni Evgeniy Cheremisin loyiq ko‘rildi. Gap shundaki, mazkur turda «Qizilqum» Namanganga safar uyushtirdi va minimal hisobdagi g‘alabaga erishdi. Shu kuni rossiyalik posbon o‘z jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Mezbonlar hujumchisi Aleksandr Kasyan bilan duellarda har gal navoiyliklar posboni g‘olib chiqdi. «Navbahor» maydonida quruq o‘yin o‘tkazish qanchalik qiyinligini esa hammamiz yaxshi bilamiz.
Mudofaa chizig‘i vakillari sifatida «Nasaf»dan G‘olib G‘aybullayev, «Metallurg»dan Shavkat Mullajonov va «Paxtakor» vakili Marko Simichlar tanlandi. Yuqorida nomi qayd etilgan har uchchala himoyachi mazkur turda o‘z nomlariga gol yozdirib qo‘ya olishdi. Shunday qilib, bu himoyachilar nafaqat orqa chiziqda, balki jamoa hujumlaridagi faolligi evaziga o‘z klublarining muvaffaqiyatini ta’minlashdi.
 
14-turda yarim himoyachilar juda faol bo‘lishdi. «Dinamo» jamoasiga qarshi kechgan bahsda «Bunyodkor» vakili Xurshid G‘iyosov jamoadoshi Mirjahon Mirahmadovning gollariga yordamlashishdan tashqari o‘zi ham dubl qayd etdi va haqli ravishda ramziy jamoadan o‘rin egalladi. Musobaqa karvonboshisining «Qo‘qon 1912» klubiga qarshi kechgan uchrashuvida har doimgidek Jaloliddin Masharipov mezbonlar safida ajralib turdi. Xorazmlik futbolchi o‘yinda hisobni ochganidan keyin ikki bor jamoadoshlarining gol urishi uchun imkoniyat hozirlab berdi.
Tur doirasida «Buxoro» klubi «Andijon» maydoniga safar uyushtirdi. Mezbonlar o‘yindagi ustunlikni hisobga ko‘chirishga qiynalib turgan pallada zahiradan maydonga qo‘shilgan Oybek Qilichev dastlabki urinishidayoq to‘pni jarimadan darvozaga joylab qo‘ydi. Shunday qilib, o‘z jamoasining g‘alabasi uchun zamin hozirladi.
Kiritilgan sana: 28.07.2019 10:45. O'kildi: 4079 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.