Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Ispaniyaga sodiqlar. La Ligada ko‘p o‘yin o‘tkazayotgan futbolchilar beshligi

Baho:
+0; -0

Ispaniya La Ligasi dunyodagi eng kuchli futbol musobaqalaridan biri. Bugun u yerda dunyoning eng mashhur yulduzlari to‘p surishadi.

Bugun sizlar bilan hozirda ham La Ligaga sodiq va u yerda ko‘p o‘yin o‘tkazayotgan futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

5. Xesus Navas – 388 o‘yin (umumiy reytingda 55 o‘rin)

Fuqaroligi: Ispaniya

Yoshi: 34

La Ligadagi o‘yinlari: “Sevilya”

O‘ng qanot fulbek va ba’zan yarim himoya zonasida ham to‘p suradigan Xesus Navas hozirgi kunda “Sevilya”ning asosiy futbolchilaridan biri. Aynan shu jamoa akademiyasida futbolchi bo‘lib yetishgan. 2003 yilda jamoa murabbiyi Xuakin Kaparros Xesus Navasni ilk bor maydonga tushirgandi. O‘shanda Xesus oxirgi 12 daqiqa maydonda harakat qilgan edi.

2013 yilda Xesus 20 mln yevro evaziga “Man Siti”ga o‘tib ketdi. Oradan 4 yil o‘tib, yana “Sevilya”ga qaytib keldi.

Hozirda Navas hisobida La Ligada 388 o‘yin mavjud va u 26 ta gol va 77 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bu esa futbolchining hozirgi kunda ham La Ligada to‘p surayotgan sodiq futbolchilar ro‘yxatining beshinchi o‘rnini egallashiga yordam beradi.

4. Lionel Messi – 492 o‘yin (umumiy reytingda 13 o‘rin)

Fuqaroligi: Argentina/Ispaniya

Yoshi: 33

La Ligadagi o‘yinlari: “Barselona”

Argentinalik futbolchi “Barsa” akademiyasiga juda erta kelib qo‘shilgan. 2004 yilda La Ligada debyut qilgan. Frank Raykard yosh futbolchini “Espanyol”ga qarshi o‘yinda 82 daqiqada maydonga tushirgan.

Shundan beri Messi nafaqat “Barselona”ning, balki dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Hozirda Leo hisobida La Ligada 492 o‘yin mavjud, 447 ta gol va 198 ta assistentlikni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Hozircha Messi La Ligada o‘yin o‘tkazganlar ichida 13 o‘rinni egallab turibdi. Kuchli o‘nlikka kirish uchun futbolchiga 10 ta o‘yin yetmayapti.

Batafsil o‘qish uchun ssilkaga bosing

Kiritilgan sana: 10.11.2020 12:04. O'kildi: 7576 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.