| Baho: |
+0; -0
|
“Kamp Nou”dagi taqdimot
2014-yil yozida 27 yoshli Luis Suares 80 mln yevro evaziga“Liverpul”dan kelib qo‘shilgan edi.

“Barsa”dagi debyut
To‘rt oylik diskvalifikatsiya sabab Suares mavsum boshidanoq kataloniyaliklar safida o‘ynay olmadi. Shuning uchun “ko‘k-anorranglilar” safidagi debyut o‘yini 2014-yil 25-oktabrga to‘g‘ri keldi. Aynan o‘sha kuni butun dunyo MSN triosining ibtidosini ko‘rdi. O‘sha kuni raqib “Real Madrid” edi. Ilk o‘yinidayoq Suares Neymarga golli uzatmani amalga oshirgan edi.
“Barselona” safidagi ilk gol
Suares debyut o‘yinidan bir oy o‘tib, ilk golini kiritdi. Bu hodisa 2014-yil 25-noyabrda “APOYEL”ga qarshi Chempionlar Ligasidagi o‘yinda sodir bo‘ldi.
Klasikodagi ilk gol
2015-yil mart oyida Luis Suares Dani Alveshning uzatmasidan so‘ng “Madrid” darvozasini ishg‘ol qildi. O‘sha gol kataloniyaliklarning Karlo Anchelotti jamoasi ustidan g‘alaba qozonishiga sabab bo‘ldi.
Chempionlar Ligasidagi g‘alaba
Aynan Luis Suaresning Buffon darvozasiga urgan goli 2015-yilgi Chempionlar Ligasi finalidagi g‘alaba goli bo‘lib xizmat qildi.
“Oltin butsa”
2015/2016 yilgi mavsumda Suares La Ligada 35 ta o‘yinda 40 ta gol urdi va “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritdi.
Yubiley gol
2017-yil yanvar oyida Qirol Kubogi doirasida Suares “Atletik Bilbao” darvozasini ishg‘ol qildi. Bu gol ikki yo‘nalish bo‘yicha yubiley gol edi: Suaresning “ko‘k-anorranglilar” safidagi 100-goli va MSN triosining birgalikdagi 300-goli.
Batafsil o‘qish uchun ssilkaga bosing
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|