| Baho: |
+0; -0
|
Oxirgi bir necha yilda nemis futbolida eng zo‘r darvozabon mavzusi ochilmay kelayotgandi. Manuyel Noyer – so‘zsiz haqiqiy yetakchi. Biroq darvozabonning jarohati Yoaxim Lyovni o‘yga solib qo‘ydi.
Chempionlar ligasining chorak finali, “Real”ga qarshi bo‘lgan javob uchrashuvi, qo‘shimcha taymlar va Manuyel Noyer ijrosidagi bir necha qutqaruvchi seyvlar. Shifokorlar xulosasidan so‘ng Manuyel chap oyog‘ini sindirgani va kamida ikki oy maydonga chiqa olmasligi ma’lum bo‘ldi. Konfederasiya kubogi boshlanishiga oz muddat qolganini hisobga olsak, Lyov uchun qo‘shimcha tashvish keldi.
Lyovga darvozabon topish uchun kam vaqt qoldi. Yoaxim Lyov o‘z navbatida nafaqat terma jamoa darvozabonini, balki, yangi sardorni ham tanlashi kerak. Manuyel Noyer yo‘qligida sardorlik bog‘ichi sovuqqon Sami Xediraga o‘tishi kutilmoqda. Darvozabon uchligini Lyov ko‘zini yumgan holda ham tanlash imkoniga ega. O‘rtoqlik o‘yinlarida murabbiy bir necha marotaba sardorga dam berib, uning o‘rniga yoshlarni asosiy tarkibga kiritgan. Doimiy ravishda “Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen terma jamoadan taklif oladi. Yana bir yosh darvozabon esa “Bayer” posboni Bernd Leno.
Ba’zida “PSJ” darvozaboni Kevin Trapp ham terma jamoaga chaqirilib turadi.
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|