Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Ronaldu “Oltin to‘p”ni olmasligi kerak, chunki...

Baho:
+0; -0

Sarlavhani o‘qigan zahotingiz xayolingizga har xil fikrlar kelmasin, biz bu bilan Krishtianu “Oltin to‘p”ga munosib emas, demoqchi emasmiz. Aksincha, u bu mavsumda “Oltin to‘p”ga har qachongidan ham munosibroq. Garchi la-ligada to‘purar bo‘lmagan esa-da, Yevropa Chempionlar ligasida ancha sermahsul o‘ynadi. Bir qator hal qiluvchi gollar kiritdi. Agar “Yuventus”ga qarshi o‘yinda ham ikkita gol kiritmaganida kim bilsin “Real”ning holi nima kechardi? Ha, Ronaldu “Oltin to‘p”ga munosib. Biroq unda shundoq ham to‘rtta “Oltin to‘p” bor, qolaversa yana bunday imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin. Ammo Buffon...

Ochig‘i, kechagi o‘yinda Buffonga rahmim keldi. U kechagidek sharmandali mag‘lubiyatga munosib emasdi. Fikrimcha, u “Oltin to‘p”ga munosib garchi “Yuventus” Yevropa Chempionlar ligasi finalida mag‘lub bo‘lgan esa-da. Aslida, shu yoshida mana shunday super o‘yin ko‘rsatish qahramonlikning o‘zginasi. Kecha oqshom “qirollik klubi”ning ashaddiy muxlislari ham Buffon uchun xafa bo‘lishdi. U nafaqat super darvozabon, balki chinakam iroda timsoli, shaxs sifatida ham o‘rnak bo‘lsa arzigulik. Ayni damda butun dunyo darvozabonlari orasida eng kuchlisi ham aynan Buffondir. Shuning uchun ham “Oltin to‘p”ni Janluijiga berish kerak. Axir shunday buyuk darvozabonning aqalli bir marta bo‘lsa ham “Oltin to‘p” olmasligi adolatsizlik, menimcha.

Bundan keyin “Yuventus”da yana shunday imkoniyat bo‘ladimi, yo‘qmi, bilmadim. To‘g‘ri,

Davomi

Kiritilgan sana: 04.06.2017 10:57. O'kildi: 10777 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.