Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Baho:
+0; -0

Futbol nafaqat jamoaviy, balki individual mahorat yuksak darajada ko‘rsatiladigan sport turidir. Millionlab qalblarni zabt etish uchun sovrinlar yutish emas, shunchaki boshqalardan ajralib turish kerak, xolos. Bugun sizlar bilan futbol tarixidagi eng yorqin futbolchilar haqida suhbatlashamiz. Albatta, bu ro‘yxat yanada uzun bo‘lishi kerak edi. Bugun shu 10 futbolchiga to‘xtalishga qaror qildik. Qolganlarga boshqa safar to‘xtalamiz.

10. Rene Igita

Ro‘yxatimiz barcha davrlardagi eng yaxshi darvozabondan boshlanadi. Rene Igita o‘zining chayon uslubidagi zarbasi bilan “aqlsiz” nom orttirib olgan. Uni ta’riflash emas, shunchaki kuzatish kerak.

Darvozabon judayam iqtidorli bo‘lgan. U Janubiy Amerika tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri.

9. Dennis Bergkamp

Futbol olami Pikassosi Dennis Bergkamp “Arsenal”ning almashtirib bo‘lmas futbolchisi edi. U qoyilmaqom gollar urardi, u urgan gollarni ko‘p futbolchilar takrorlay olishmaydi.

Buyuk futbolchilar ro‘yxatiga Dennisning nomini kiritmaslik xato bo‘lar edi.

8. Ronaldo

Bir vaqtlar futbol olamida faqat bitta Ronaldo bo‘lgan. Butun dunyo uning o‘yiniga mahliyo bo‘lar edi.

JCH-2002 g‘olibi qancha istasa, shuncha gol urar edi. Ronaldo haliyam muxlislar qalbida.

7. Krishtianu Ronaldu

Futbol tarixidagi eng yaxshisi bo‘lish uchun asosiy nomzodlardan biri. Ronalduga ta’rif berish shart emas. Uning o‘yinini kuzatish kerak. U istalgan jamoasida o‘zining eng kuchli o‘yinini namoyish eta oladi.

6. Pele

Pele 1958 yilgi jahon chempionatida hammaga qanaqa iqtidor egasi ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu muvaffaqiyatli tarixning boshlanishi edi. Undan so‘ng yana 2 ta mundialni yutgan Pele umumiy hisobda 3 ta chempionlik bilan hech kim yeta olmaydigan cho‘qqini zabt etdi.

Batafsil o‘qish uchun ssilkaga bosing

Kiritilgan sana: 24.11.2020 00:16. O'kildi: 7422 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.