| Baho: |
+0; -0
|

14-daqiqada Messining uzoqdan to‘p uzatishidan so‘ng Dembele to‘pni qabul qildi. Usmon to‘p olishi bilan himoyachini aldab o‘tdi va o‘ng oyog‘i bilan zarba berdi. Lekin to‘p Kyezaning oyog‘iga tegdi va yo‘nalishini o‘zgartirib darvozaga kirdi. “Barsa” oldinroq ham gol urishi mumkin edi, Grizmannda ajoyib imkoniyat bor edi. Ammo u darvozani ishg‘ol qila olmadi.
“Yuve” o‘yinni 3-4-3/3-5-2 ko‘rinishida boshladi, ammo himoyalanayotganda 4-4-2 sxemasida o‘ynadi, Pirlo jamoaga kelgandan buyon shunday taktika qo‘llayapti. Shuning uchun hujum vaqtida Dibala orqaroqdan yugurib borishi va ochiq zonada turishi, Kyeza qanotdan hujumga o‘tishi va jarima maydoni ichida Moratani qidirib topishi kerak bo‘ladi. Turinliklarning chap qanotidan ko‘ra o‘ng qanoti aktivroq bo‘ldi. U qanotdan Kuadrado hujumga o‘tib turdi, chap qanot esa ko‘proq himoyaviy o‘ynadi. Chunki u tarafdan Dembele xavf solib turgandi.
Ronald Arauxo birinchi bo‘lim so‘nggida jarohat oldi va ikkinchi bo‘limda uning o‘rniga Serxio Buskets maydonga tushdi. Aynan Buskets Ronaldning o‘rnida himoyada harakat qilishi kerak edi, ammo Kuman boshqacha qaror qabul qildi: Langlega himoyada De Yong yordam beradi, Buskets esa doimgidek tayanchda harakat qiladi.
Fati maydonga tushishi bilan jamoaning sxemasi 4-4-2 ga o‘zgardi. Ansu o‘ng qanot yarim himoyasida o‘ynagan bo‘lsa, Pedri chap qanotga ko‘chdi. Messi doimgidek pressing uyushtirdi, Fati tushishi bilan jamoa himoyaviy o‘yin ko‘rsatishni boshladi.
Batafsil o‘qish uchun ssilkaga bosing
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|