Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

“Ular menga nisbatan hurmatsizlik va noshukurlik qilishdi”. Qanday qilib Dani Alves “Barselona” bilan janjallashib qoldi?

Baho:
+0; -0

Yozda Dani Alves “Barselona”ni tark etib, erkin agent sifatida “Yuventus” jamoasiga o‘tdi. Keyinchalik o‘yinchi “Kataloniya” rahbariyati unga nisbatan hurmatsizlik qilganini aytib o‘tdi. Taqdir taqozosi bilan Dani sobiq jamoasini Chempionlar ligasi yarim finalidan mahrum qildi.

Hayot hamisha kutilmagan narsalarni taqdim etishdan charchamaydi. Ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Futbol uchun esa bu alohida olam, o‘z qonunlari bor. Kutilmagan kambeklar, sensatsiyalar, ertaklar — bularning hammasini Jeymi Vardi avtobiografiyasida ko‘rib guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Yaxshi kunlar abadiy emas, ayniqsa, bu futbolda juda yaxshi bilinadi. Oxirgi ikki o‘n yillik ichida futbol haqiqiy biznesga aylanib ulgurdi. Agar biznesingizni biron kim orqaga tortayotgan bo‘lsa, undan voz kechish kerak. Buning “Real” boshchiligida turgan Peres uslubi bilan guvohi bo‘lishimiz mumkin. Uning biznesi hamisha birinchi o‘rinda turishi kerak.

1968-yilda “Barselona” prezidenti Narkis de Karreras “Mes Quye Un Club” deb nomlangan 4 banddan iborat qonun chiqaradi. Qonun erkinlik, birlashish, demokratiya va oila bandlaridan iborat edi. Oxirgi bandning mohiyati shundan iboratki, sobiq o‘yinchilar bo‘lmaydi, ular hamisha jamoa o‘yinchilari bo‘lib qolishadi. Buni Erik Abidal tarixiga nazar solib bilib olishimiz mumkin. 2009-yilda fransiyalik himoyachi o‘gir saraton kasalligiga chalinadi. Erikning gapi bo‘yicha, kasallik bilan kurashayotgan paytda, jamoadoshlari uni hamisha qo‘llab-quvvatlashgan, rahbariyat esa unga yangi shartnoma taklif qilgan. U sog‘lig‘ini tiklab olganidan so‘ng 2012/2013-yilgi mavsumda rahbariyat asta-sekin Abidalni jamoadan qo‘yib yubordi. Chunki uning jamoadagi vaqti tugagandi.

Dani Alves 2008-yilda “Barselona” jamoasiga kelib qo‘shildi va jamoa tarkida 300dan ziyod o‘yinda harakat qildi. Uning ishonchli o‘yini, Leo va Neymar bilan do‘stligi va bir-birlarini tushunishlariga havas qilmay iloj yo‘q edi. 2016-yilda Dani 33 yoshni qarshi oladi, shu paytda u rahbariyat bilan kelishmay qoladi. Shundan so‘ng “Yuve” jamoasiga tekinga o‘tadi. Nima uchun “Barselona” professional darajadagi o‘yinchini osonlik bilan qo‘yib yubordi? “Yuventus” ham nima qilayotganini juda yaxshi bilardi. O‘yinchida hali kuch bor edi.

Alves jamoani tark etganidan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay o‘z transferiga izoh berib o‘tdi:

Davomi

Kiritilgan sana: 26.05.2017 09:39. O'kildi: 7900 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.