| Baho: |
+0; -0
|
1-qism
Ingliz nashriga o‘zining birinchi to‘liq intervyusini bergan Mesut O‘zilning agenti doktor Erkut Sogut qanday qilib futbol agentligi sanoatini o‘zgartirmoqchi bo‘layotgani, buni ta’lim orqali amalga oshirishga katta e’tibor berilishi, umuman sport olamiga qanday kirib qolishi tarixi va bolaligi haqida ham gapirib berdi.
Doktor Erkut Sogut “Arsenal” va Germaniya termasi vakili Mesut O‘zilning vositachisi va xuquqchisi hisoblanadi. Gannoverda turk oilasida tavallud topgan Sogut kamtargina oiladan chiqqan. Uning o‘smirlik paytida qilgan ishi bu zavodni tozalash va H&M kiyimlar do‘konida ishlash bo‘lgan. U Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyovning agenti Xarun Arslan tufayli sport olamiga kirib kelgan.
“Xarun Arslan bilan ishlashdan oldin biznes xuquqi va sport xuquqi bilan shug‘ullanganman. Bu mening biznesdagi ilk qadamim bo‘lgan. U (Arslan) ham Gannoverdan va o‘sha vaqtlarda ko‘pchilik futbolchilarga vakillik qilardi.”
“Men jinoyat olamidagi xuquqchi yoki oilaviy xuquqchi bo‘lishni istamaganman. Men sportni yaxshi ko‘rganman va o‘sha vaqtlarda futbol ham o‘ynaganman. Men futbolda ancha iqtidorli edim, ammo oilam hech qachon sportga izn bermagan, faqat ta’limga yetaklagan. Otam meni birorta o‘yinimni ham ko‘rmagan. Hatto odamlar futboldagi iste’dodimni aytishganida, otam ularga ...
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|