Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Chempionlar ligasi, Ibragimovich, Maykl Jekson. Amerikaning eng omadli klublaridan biri

Baho:
+0; -0

Asos solinganiga 20 yil bo‘lgan “Los-Anjeles Geleksi” hozirda Amerikaning eng omadli klublaridan biri hisoblanadi. 20 yil ichida “Los-Anjeles” sokkerni o‘zgartirdi, Chempionlar ligasini yutdi va pul ishlashni o‘rgandi.

Mashhurlik

MLS, sokker va hattoki Tim Hovard haqida bilmasangiz ham, “LA Geleksi” haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. AQSHning eng kuchli, eng boy va eng taniqli klubi. Keling, aniqlaymiz.

 “Geleksi” chempionatni 3 yildan beri yuta olmayapti, stadionga muxlislar tashrif buyurishi bo‘yicha “Orlando Siti”dan ortda qolmoqda, pul ishlash bo‘yicha “Siyetl Saunders”dan ortda. Biroq, baribir, o‘z yurtining eng taniqli klubi bo‘lib qolmoqda.

 “Geleksi”ga 1996-yilda MLS bilan birga asos solingan. “LA Geleksi” asos solinganidanoq mashhur bo‘lgandi. Chunki klub nomini, logotipini va dizaynini “Nike” kompaniyasi o‘ylab chiqargan.

Kaliforniyalik klub Gollivud yulduzlari bilan bo‘lgan iliq munosabatlari evaziga “Galaktika” nomiga ega bo‘ldi. Qolgan 9 ta klub bir necha marotaba nomini almashtirishga ham ulgurdi, biroq muvaffaqiyatsiz. “Geleksi” esa 20 yildan buyon hech narsasini o‘zgartirmay kelmoqda.

Hammasi boshidanoq yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Hech qanday Yevropa yulduzlarisiz klub Amerikaning eng tanilgan klublaridan biriga aylandi. Doimiy ravishda chempionat g‘olibiga aylandi. 1998 va 2002-yillarda chempionatda dublga erishdi.

MLS jamoalari ko‘payib bordi, raqiblar esa kuchayib ketdi va oson o‘yinlar ham kamaydi. “Geleksi”ga esa bu hech qanday qiyinchilik tug‘dirmadi. Aksincha, 2000-yilda jamoa Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi, garchi turnirdan hech qanday pul ishlamasa-da va MLSda o‘yinlar ko‘p bo‘lsa-da. “Geleksi” MLSdan bu turnirni yutgan ikkinchi jamoa bo‘ldi.

Pullar

Hammaga gap chempionlikda emas. “Geleksi”ning eng katta yutug‘i shundaki, klub boshqa jamoalarni pul ishlashga o‘rgatdi. 2003-yildan boshlab MLSning favoriti foyda ko‘rishni boshladi. Bu esa Amerika klublari uchun birinchi o‘rinda turuvchi fakt hisoblanadi.

2003-yildan keyin juda tez o‘sish kuzatildi. 4 yildan keyin Devid Bekxem jamoaga qo‘shildi va pullar daryo kabi hamma joydan oqib keldi. Biletlar, homiylar, Yevropadan yulduzlar taklif qilinishi, futbolkalar sotish evaziga klub pul ishlash bo‘yicha qolgan klublardan o‘zib ketdi. Boshqa klublar esa ortda qolmaslik maqsadida “Los-Anjeles” ortidan quvishdi va yetib olib, ba’zida o‘zishdi ham. Biroq “Geleksi” translyatsiya bo‘yicha ligada hali ham yetakchi hisoblanmoqda, yiliga 5-10 mln dollar.

Davomi

Kiritilgan sana: 29.05.2017 12:02. O'kildi: 7749 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.