| Baho: |
+0; -0
|
Evropa ligasi
Afsonaviy klassika: o‘z chempionatlarining eng yaxshi jamoalari bir turnirda yig‘ilishadi va kim zo‘rligini aniqlashadi. Van Damm suratga tushgan kinolardagi kabi Chempionlar ligasi ham shunday. Chempionlar ligasi turgan joyda Yevropa ligasining nima keragi bor, tushunarsiz holat. Ikkinchilar orasida kim zo‘rligini aniqlashning nima keragi bor? Ayrim kuchli klublar o‘z chempionatida oltinchi o‘rinni egallab, o‘zidan kuchsiz bo‘lgan jamoalar orasida tushib qolishadi. Top klublar uchun Yevropa ligasi mashg‘ulot kabi o‘yinlardek o‘tadi. Ikkinchi tarkib, yosh o‘yichilarga imkoniyat. Kuchsiz jamoalar yutishgan taqdirda ular uchun haqiqiy bayram.
Evropa Superkubogi
Ikki turnir g‘oliblarini bir-biri bilan to‘qnashtirishning nima keragi bor? Birinchi klub ikkinchisidan yaqqol ustunligini bilib turgan holda. Bu toifadagi o‘yinlar hech qachon superfinal bo‘la olmaydi. Superkubokni kim yutishini hamma oldindan biladi. Shuning uchun bu ham bekor o‘tadigan final va turnir.
Superkubok o‘yini keraksiz ekanini hatto ularning rahbariyati juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham yutgan jamoa katta pul olmaydi. Yana Jahon chempionatiga baribir Chempionlar ligasi g‘olibi ketadi.
Klublar o‘rtasida Jahon chempionati
Bu yerda, aksincha, juda kuchli g‘oya. Biroq juda ham xunuk holat. Jahon futbol klublari har xil va Yevropa klublari bilan tenglashish juda ham qiyin masala. Bu hammaga ayon. Shunday ekan, nima uchun boshqalar bundan aziyat chekishi kerak va Chempionlar ligasi g‘oliblari faqat yarim final va final uchrashuvlariga ishtirok etishlari kerak ekan? Bu fikrni hatto Yekaterina II ham qo‘llab-quvvatlamagan. Katta chempionatga aylanishi mumkin bo‘lgan turnir oddiygina kam tomoshabinlarni o‘ziga jalb qiladigan chempionatga aylanib qolgan. Jamoalar bir necha kunga Yaponiyaga yo‘qolib ketishadi, xolos.
Liga kubogi
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|