| Baho: |
+0; -0
|
Bir paytlar Antonio Konte Italiya terma jamoasi bilan yaxshigina muvaffaqiyatlarga erishgan, keyin esa terma jamoani tark etishi haqida xabar qilgandi. O‘shanda buning sababi bitta — “Chelsi” klubidan taklif tushgandi. Bir qarashda Antonio Konte terma jamoada qoladigandek edi, chunki hamma undan rozi, ishlari yaxshi, qolaversa, klubni boshqarish terma jamoani boshqarish oldida hech narsadek gap edi. Biroq Konte “Chelsi”ning taklifini qabul qilish uchun Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishini e’lon qildi.
“U AQLDAN OZIBDI”
Tabiiyki, bu qaror ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘lgandi. Hatto futbolchiyu mutaxassislarning ustidan mag‘zava ag‘darishni xush ko‘radigan sobiq futbolchi, ayni damda telejurnalist sifatida ishlab kelayotgan Gari Nevill bu qarorga shunday ta’rif bergandi: “Antonio Kontening “Chelsi”ni boshqarish uchun Italiya termasidan voz kechishi sharmandalikdan boshqa narsa emas. U aqldan ozibdi”. Biroq italyan mutaxassisi bunday gap-so‘zlarga parvo qilmadi. Londonga ko‘chib o‘tdi.
HAMMA GAP-SO‘ZLAR CHIPPAKKA CHIQDI
Buni qarangki, Antonio Konte bekorga Londonga kelmaganini isbotladi. U dastlabki mavsumning o‘zidayoq “Chelsi”ni chempion qildi. U jamoa bilan shunday natijalar qayd etdiki, bir paytlar “Chelsi”ning tirik ramziga aylangan Joze Mourinyoni hech kim eslamay qo‘ydi. Bundan tashqari, London klubi Konte boshchiligida mavsum davomida 30 ta g‘alaba qayd etib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Hali hech bir jamoa shu paytgacha bir mavsumda 30 ta o‘yinda zafar quchmagandi.
Ha, Antonio Kontening bu natijalari uning atrofidagi mish-mishlarni tinchitdi qo‘ydi. Qolaversa
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|