Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

"Bavariya" 9-o‘rinda, "Borussiya" yetakchi yoxud Bundesliganing birinchi turidan keyingi holat haqida

Baho:
+0; -0
Nemis futboli tarixiga nazar solib biz bilgan Bundesligaga 1963 yilda asos solinganiga guvoh bo‘lamiz. Dam olish kunlari mana shu turnirning 56-mavsumiga yaxshi niyatlar bilan start berildi.
 
Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan 1-turning e’tiborga sazovor uchrashuvlariga to‘xtalib o‘tamiz. 
 
Chempionat sensasiya bilan boshlandi. Amaldagi chempion, oxirgii yillarda turnirning mutloq gegemoni "Bavariya" kutilmaganda o‘z maydonida Berlinning "Gerta" klubini mag‘lub etolmadi. Niko Kovach va Ante Kovich shogirdlari 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Myunxen klubi to‘liq asosiy tarkibi bilan bahs olib borishi va mavsum avvalida futbolchilarda matevasiya o‘ta yuqori bo‘lishini taxmin qilganlar Bavariyaning oson g‘alabasini kutgandi. Amalda ham "Bavariya" barcha jabhalarda katta tafovvut bilan ustunlik qildi. O‘yinda hisobni Robert Levandovski 24-daqiqada Serj Gnabridan qabul qilib olgan to‘pini darvozaga yo‘llash orqali ochdi. Myunxenliklar ustunlikka ega bo‘lib turgan o‘yinda birdan tarozi pallasining muvozanati o‘zgardi. "Bavariya" songa e’tibor berib, 2 gol uchun 17 ta zarba sarflagan bo‘lsa, "Gerta" futbolchilari o‘yin davomida darvoza tomon 3 bor aniq zarba yo‘lladilar. Dodi Lukibakio va Marko Gruichlar 36 va 38-daqiqalarda gol kiritib, poytaxtliklarni oldinga olib chiqdilar. Robert Levandovski 60-daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirdi, ammo g‘alaba to‘pini kiritishga Myunxen klubining kuchi yetmadi. Shu kuni "Bavariya" markaziy himoyasida Nikolas Zyule – Benjamin Pavar juftligi harakatlangani e’tiborga sazovordir.
 

"Borussiya" va "Leypsig" musobaqani ishonchli tarzda boshlashdi. Yangi mavsumda ham "Bavariya" bilan chempionlik yo‘lida kurashishi kutilayotgan har ikki klub birinchi turda yirik hisobdagi g‘alabaga erishishdi. Dactlab, Lusian Favr boshchiligidagi Dortmund klubi "Signal Iduna Park"da "Augusburg"ni mehmon qildi. "Augusburg" uchun mehmondorchilik zo‘r boshlandi, ammo alamli yakun topdi. Mehmonlar 1-daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo, ularning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Mezbonlar hujumchisi 3-daqiqada hisobni tenglashtirib qo‘ydi. Keyingi daqiqalar mobaynida "asalarilar" yana 4 bor to‘p kiritib oson g‘alabani tantana qilishgani holda jadvalning eng yuqori qismini band etib qo‘yishdi.

Davomi

Kiritilgan sana: 19.08.2019 11:10. O'kildi: 4052 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.