Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

“Barcelona” – “Ferensvarosh”. O‘yin tahlili

Baho:
+0; -0

Bugun sizlar bilan Chempionlar Ligasi doirasidagi “Barcelona” va “Ferensvarosh” o‘yinidagi futbolchilarning harakatlarini baholaymiz.

№13 Neto. “Xetafe”ga qarshi bahsdagidek, braziliyalik posbon maydonda ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi. To‘g‘ri, “Barselona” himoyachilari ungacha ko‘p ish qoldirmadi, lekin shunda ham “Ferensvarosh” gol urdi. Uni penaltiligini hisobga olsak, katta aybni Netoga qo‘ya olmaymiz. O‘sha kungi bahsda darvozabonga 6,0 ball qo‘yamiz.

№20 Serxi Roberto. Oxirgi o‘yinlarini hisobga oladigan bo‘lsak, Serxi himoyada yaxshiroq o‘yin namoyish etadi. Kechagi bahsda ham buni guvohi bo‘ldik. Roberto qanotni Zubkovga boy berib qo‘ymadi. Unga 7,5 ball qo‘yamiz.

№3 Jerar Pike. Futbolchining o‘sha o‘yindagi eng esda qoladigan lahzalari qizil kartochka va penalti. Pikedek tajribali futbolchi o‘z darvozasi yonida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Mana shu xatosi tufayli Pike bu jamoadoshlarini og‘ir ahvolga solib qo‘yishi mumkin edi. Pike 4,0 ball to‘pladi.

№15 Kleman Langle. Fransuz futbolchisi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Bir necha marta Netoga yordam ham berdi. Pike qizil olib, maydonni tark etgach, Langle himoyada asosiy yetakchiga aylandi. Kleman bo‘lmaganda “Ferensvarosh” kataloniyaliklar darvozasi oldida juda xavfli hujumlarni uyushtirar edi. 7,5 ball.

№2 Serjinyo Dest. “Barselona”ning yangi futbolchisi esda qolarli vaziyatlar yaratmadi. Xuddi Roberto singari qanotda raqibarga imkon bermadi, lekin baribir o‘yinda ajralib turadigan vaziyatlari bo‘lmadi. 6,5 ball.

№8 Miralem Pyanich. Yangi dispetcherni sizlarga tanishtiray. Aynan mana shu rolda bosniyalik futbolchi o‘zini yaxshi his qiladi. Ammo u judayam sekin, burilishga qiynaladi, himoyaga ham kamdan-kam yordam beradi. Penalti bo‘lgan epizodda u juda katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Yoningda 3 nafar jamoadoshing bo‘laturib, raqibga to‘p uzatish kerakmas. Pyanich juda yomon o‘yin o‘tkazdi. 3,0 ball.

Batafsil o‘qish uchun ssilkaga bosing

Kiritilgan sana: 22.10.2020 14:40. O'kildi: 3972 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.