| Baho: |
+0; -0
|
1990-yilda tashkil topgan “Bashakshehir” 17 yil deganda Turkiyaning oliy divizioniga chiqishga muyassar bo‘ldi. O‘tgan mavsumdan boshlab esa turnir jadvalining yuqorisidan tushmay kelyapti. Sababi nimada? Bir necha iqtidorli “qariya” futbolchilar! France Football nashri ularning eng muhimlariga nazar soldi.
Emmanuel Adebayor (Togo, 33 yosh)
O‘tgan yanvar oyida olti oy “ishsiz” yurganidan keyin Istanbul klubiga kelib qo‘shilgan “Monako”ning sobiq vakili o‘zining to‘purarlik qobiliyatini darrov tiklab oldi. O‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida 11 uchrashuvda 6 gol urgan hujumchi jamoasiga o‘zining kichik tarixiga qaramay sharafli 2-o‘rinni egallashiga katta yordam berdi. Bu mavsumda esa togolik hujumchi 14 uchrashuvda 8 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Togolik to‘purar asosiy raqib “Galatasaroy”ga (5-1) xet-trik urishga ham erishdi. 33 yoshida bo‘lishiga qaramay Lomelik futbolchi ishonch bilan o‘ynashda davom etmoqda.
Gael Klishi (Fransiya, 32 yosh)
“Manchester Siti” bilan shartnomasi yakuniga yetgach, fransiyalik qanot himoyachisi ushbu klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi va o‘zining namoyishida klubni “kichik “Manchester Siti” bo‘lishi mumkin” degan edi. Uning tajribasi va iqtidori klubning asosiy figurasidan biriga aylanishiga katta yordam berdi. Ushbu mavsumda chempionatning 15-turidan keyin sobiq “to‘pchi” 14 o‘yinni asosiy tarkibda o‘tkazgan.
Uning hujumlarga qo‘shilishi ham ...
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|