Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Yuksak parvozi uzoqqa cho‘zilmagan Rim «Burgutlari» haqida

Baho:
+0; -1
Shubhasiz, o‘tgan asrning so‘ngi yillari «Lasio» tarixidagi eng yaxshi davr hisoblanadi. Serdjo Kranyotti Boshchiligidagi «Cirio» konserni jamoa homiyligini qo‘lga olgan va superklub tuzish yo‘lida shahdam qadamlar tashlayotgandi. Kranyotti jamoadan pulni ayamas, o‘sha davr transfer bozrini ag‘dar-to‘ntar qilib tashlardi. Shu o‘rinda, o‘sha yillarda amalga oshirilgan «Lasio» tarixidagi eng qimmat transferlar haqida so‘z yuritamiz:
 
1.Ernan Krespo (2000 yil. 56,8 million yevro). 1996 yilgi «Atlanta» olimpiadasi kashfiyoti «Parma» tarkibiga kelib qo‘shilgan va italiyada o‘z mavqeyiga ega bo‘lib ulgurgandi. Kubok egalari kubogi (1999) va milliy chempionat (2000 yil) g‘olibligini qo‘lga kiritgan «Burgutlar» rahbariyati argentinalik hujumchi uchun rekord summa ajratgandi. U «Inter»ga o‘tib ketgan Kristian Vyerining o‘rnini to‘ldirishi kerak edi. Amalda shunday ham bo‘ldi. Biroq, bu kabi katta summalarni o‘ylab o‘tirmay futbolga yo‘naltirayotgan «Cirio» konserni 2002 yilda o‘zini bankrot, deb e’lon qildi. Oqibatda, Krespo ham shu yili «Inter»ga o‘tib ketdi.
 
 
2.Gaiska Mendyeta (2001 yil. 48 million yevro). «Lasio» rahbariyati Ektor Kuper bilan «Valensiya»da mo‘’jizalar ko‘rsatgan «Ko‘rshapalak»ni «Burgut»ga aylantirishga qaror qildi. Jamoada bir yil to‘p tepgan Mendyeta iqtisodiy inqiroz yillarida «Barselona» va «Midlsbro»da ijara asosida o‘ynadi. Shartnomasi yakuniga yetgan ispan yarim himoyachisi 2004 yilda «Midlsbro»ga erkin agent sifatida o‘tib ketgandi.
 
 
3.Xuan Sebastyan Veron (1999 yil. 30 million yevro). «Jodugar» laqabi bilan ommaga tanilgan futbolchi 1999 yilda jamoaga qo‘shilgandi. U jamoa safida 2 yil harakatlandi va barcha yutuqlarda o‘z hissasini qo‘shdi. 2001 yilda «MYu»ga o‘tib ketgan futbolchi faoliyatining bir qiziq tomoni bor: u faoliyatini 3 marta yakunlashga ulgurdi. Boisi, u faoliyatini yakunlagach ham uni katta futbolga qaytara oladigan takliflar bo‘ldi. Argentinalik futbolchi faoliyatini oxirgi marta 2017 yil 42 yoshida yakunlagandi. Veron yaqin orada yana futbolga qaytib qolsa, ajablanmang. Davomi...
Kiritilgan sana: 05.08.2019 21:22. O'kildi: 4529 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.