Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Beyl «Real»ning yangi yulduzimi?

Baho:
+0; -0

Krishtianu Ronaldu yozda «Yuventus»ga o‘tib ketganidan keyin madridliklar o‘zlariga yangi super-yulduz qidirish bilan ovora. Ehtimol ular uni uzoqdan qidirib yurmasdan o‘z ichidan qidirib ko‘rar? Masalan so‘nggi turlar qahramoni bo‘layotgan Garet Beyl bu maqomga mos tushar...

100 million yevrolik futbolchi

2013-yilda uelslik futbolchi «qaymoqranglilar» safiga 100 million yevroga ko‘chib o‘tganida uning transfer bahosi 100 million yevroni tashkil qilgandi. O‘shanda u 2009-yilda Ispaniya poytaxtiga ko‘chib o‘tgan portugaliyalik sobiq jamoadoshi Ronalduning 94 million yevrolik rekordini yangilab dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylangandi.

Shu vaqtgacha besh karra «Oltin to‘p» sohibining soyasida bo‘lib kelgan Beylga yo‘l ochilar. «Tottenxem»ning sobiq vakili bayroqni o‘z qo‘liga olishi mumkin. Mavsum boshidan beri chiroqlar 11-raqam egasiga qaratilmoqda. U La Liganing 1-turida «Xetafe»ga qarshi uchrashuvda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U o‘sha bellashuvda bir gol va golli uzatmani amalga oshirdi. U shuningdek «Atletiko»ga qarshi Yevropa Superkubogida ham samarali harakat qilgandi. Aynan uning sa’yi-harakatlari evaziga Benzema gol urgandi.

Lopetegining o‘yin tizimida X faktor

Davomi...

Kiritilgan sana: 30.08.2018 16:41. O'kildi: 4775 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.