Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Mbappening kelajagi — Messimi yoki Ronaldu?

Baho:
+0; -0

Ayni damda futbol olamida ikkita qirol bor — bular Messi bilan Ronaldudir. Shu bilan birga, ularning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ham yetishib chiqmoqda. Koutinyo, Neymar, Grizmann, Rashford va Mbappe. Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin. Biz esa bevosita Mbappening kelajagiga nazar solmoqchimiz, xo‘sh, u kimga ko‘proq o‘xshashi mumkin, Messigami yoki Ronalduga?

Mbappe — Messi

Ayni damda Kilian Mbappe o‘ziga xos texnika namoyish etyapti. Raqiblarni aldashda ham nimalarga qodir ekanligini isbotlamoqda. Qolaversa, Buffonning darvozasiga Messi uslubida gol urdi — himoyachilardan qochib ketishni uddaladi va to‘pga vaqtida oyoq qo‘ya oldi. Bu uning Messiga o‘xshab ketishini anglatadi. Biroq Mbappening Messidan farqli jihatlari ham bor. Bu uning chapaqay emasligidir. Mbappe asosiy zarbasini o‘ng oyoqda yo‘llaydi. Qolaversa, texnika borasida Messidan biroz oqsashi ham tayin. Agar o‘z ustida ishlasa, Leoning darajasiga chiqishi mumkin.

Mbappe — Ronaldu

Kilianning Messidan ko‘ra Ronalduga o‘xshash tomonlari ko‘p. ehtimol, bunga uning yoshligidan Ronalduga havas qilib, unga o‘xshab o‘ynashga intilgani sabab bo‘lgandir. Mbappe tezkorligi evaziga raqiblarini ortda qoldirib ketadi — bu usul Krishtianuniki bilan bir xil. Mbappe o‘ng oyoqda kuchli zarbalar yo‘llay oladi — bu usul ham Ronaldunikiga o‘xshash. Qolaversa,

Davomi

Kiritilgan sana: 28.05.2017 20:13. O'kildi: 7691 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.