Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Kontening “Chelsi”si Mourinyoning “Chelsi”si yo‘lidan bormoqdami?

Baho:
+0; -0

“Ko‘klar” ustozi allaqachon Premyer Liganing chempionlik poygasidan chiqib ketgan va Joze Mourinyo va Karlo Anchelottilarning “Chelsi”si yo‘lidan bormoqda. Goal nashri bu haqida mulohaza yuritdi.

2017-yil 17-dekabrda Joze Mourinyo o‘zining xizmatlari “Chelsi”da ortiq kerak emasligi haqidagi telefon qo‘ng‘irog‘ini qabul qilgan edi. Ammo portugaliyalik murabbiy “Chelsi”da ikki to‘liq mavsumni o‘tkazgan kamdan-kam murabbiylardan biri. U buni “Chelsi”ga birinchi bor 2004-yilda kelgan vaqtida uddalagan.

Karlo Anchelotti “ko‘klar” bilan 24 oy o‘tkazishiga bir necha hafta yetmagan edi. Mourinyo ikkinchi marta kelganida klub boshqaruvida 30 oy qololdi, biroq keyin sharmandalarcha klubdan ketdi.

Uning taqdiri klubda qayta takrorlanmoqda. “Sautgempton”ga qarshi uchrashuvdagi salbiy natija Kontening kelajagiga “bolta urishi” mumkin edi.

Sabr – hisobi yo‘q milliardlab funtlarga ega rossiyalik oligarxga xos xususiyat emas. U maqsadiga erishishda oqsayotganlarga ikkinchi imkoniyat bermaydi.

Konte may oyida jamoani chempionlik sari boshlab borgan bo‘lishi mumkin, ammo yetti oy o‘tib uning oldida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan birgina variant bor.

Ikki yil oldin ham chempionlikni himoya qilgan “ko‘klar” Premyer Liganing 16 uchrashuvida 9 mag‘lubiyatga uchragan edi.

Bu safar 17-turdan keyin to‘rt bora mag‘lubiyatga uchraganlariga qaramay, Konte shogirdlari allaqachon chempionlik poygasidan chiqib ketdi.

U “Vest Xem”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin buni tan olib o‘tgan edi: “Mag‘lubiyatdan keyin chempionlik poygasi haqida gapirish biroz g‘alati. Ayniqcha bu mavsumdagi to‘rtinchi mag‘lubiyat bo‘lsa. Sizda bunday holat yuz bersa chempionlik poygasi haqida o‘ylash imkonsiz. Imkonsiz. Tajribam shuni ko‘rsatadiki, chempionlik poygasida qolishni istasangiz, mavsumning birinchi qismida siz ...

Davomi

Kiritilgan sana: 18.12.2017 10:26. O'kildi: 6110 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.