Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

“Ispaniyalik Messi”, “Motosikl”, “Spagetti”, “Tank”: “Milan” futbolchilarining laqablari

Baho:
+0; -0

Yaqin tarixda “Milan”da juda ajoyib futbolchilar to‘p surishgan. Muxlislar, jurnalistlar ularga turli laqablar qo‘yishgan, bu “ikkinchi nom”lar ularni butun faoliyatida ta’qib qilib yurgan. Masalan, Andrea Pirlo – “Maestro”, Klarens Zeedorf – “Professor”.

Hozirgi futbolchilarda ham laqablar bormi? Bugun shu haqida suhbatlashamiz.

Janluijji Donnarumma – “Jijjo”, “Dollarumma”

Donnarummani muxlislar ismini qisqartirib “Jijjo” deb atashadi. Bu Janluijji ismini qisqartirilgan shakli. Lekin futbolchining ikkinchi laqabi “Dollarumma” ko‘proq mos tushadi. Bu laqab unga 2017 yilda “Milan” bilan shartnomasini ancha pyt uzaytirmasdan yurgani va agenti Rayola orqali maoshi ko‘paytirilishi istashini yetkazgandan so‘ng qo‘yilgan.

Hattoki, Italiya yoshlari safida Donnarumma maydonga tushgach, muxlislar tribunadan yasama dollarlarni unga qarata otishgan edi. “Dollarumma” nomi futbolchini anchadan buyon ta’qib qiladi va endi bu nomdan qutula olmasa ham kerak.

Teo ernandes – “Motosikl”

“Motosikl” nomi ernandesga “Real Sosyedad”ga qarshi o‘ynab yurgan paytlarida qo‘yilgan edi. Marca nashri futbolchining yuqori tezligi va texnikasidan hayratlanib Teoni shu nom bilan atagan edi.

Italyanchada bu nom “Il Motorino” deb talaffuz qilinadi va futbolchi “Milan”ga kelishi bilan gazetalarda paydo bo‘la boshladi.

Ammo muxlislar uni Teo deb chaqirishni xush ko‘rishadi.

Simon Kyer – “Viking”

Simon “Viking” laqabini “Lill”da to‘p surib yurgan vaqtlarida olgan edi. Italiya nashrlarida ham bu laqabni ko‘rishimiz mumkin. Bunga sabab esa futbolchining millati va jangovorlik xususiyatlari.

Mateo Musakkyo – “Mustahkam”

Mateo “Mustahkam” laqabini “Vilyarreal”dagi qo‘pol o‘yin uslubi sabab orttirib olgandi. Albatta, Italiyada uni bunday nomlashmaydi. Chunki futbolchi “Milan”da eski o‘yin uslubini takrorlamayapti.

Frank Kessye – “Tank”, “Prezident”

Frank Kessye jismonan kuchliligi uchun “Milan” muxlislari tomonidan “Tank” laqabini olgan. Ivuarlik futbolchi istalgan raqibi bilan yakkama-yakka kurashlarda yengib chiqa oladi.

Jamoadoshlari esa uni “Prezident” deb atashadi. Kessyening o‘zi bu haqida: “Nima uchun jamoadoshlarim meni “Prezident” deb atashadi? Chunki Frank – prezident va kiyinish xonasi xo‘jayini.

Batafsil o‘qish uchun ssilkaga bosing

Kiritilgan sana: 02.11.2020 21:19. O'kildi: 7891 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.