| Baho: |
+0; -0
|

Ronald Kuman “Real”ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng hakam ortidan ancha vaqt yugurdi va hozir unga 4 tadan 12 tagacha o‘yinga diskvalifikatsiya xavf solyapti.
O‘yindan so‘ng, Kuman “Barselona” mag‘lubiyatga loyiq emasligini, Klasikoda debyut qilgan hakam Xuan Martines Munueraning munozaralarga sabab bo‘lgan penaltisi haqida gapirdi. O‘yindan oldin murabbiy vaziyat bunday tus olishini bilmagan edi. O‘tgan mavsumda 11 ta o‘yindan 9 tasida VAR “qaymoqranglilar” foydasiga qarorlar qabul qilgan edi.
Mundo Deportivo ning yozishicha, penalti bo‘lgan vaziyatda Ramos Langleni uch marta turtgan, ammo hakamlar bunga e’tibor qaratmagan. “Barselona” munozaralari vaziyatlar sabab yutqazmadi, g‘alaba uchun yetarlicha yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagani uchun yutqazdi. Kumandan ham press-konferensiyada nega bunday bo‘lganini so‘rash kerak edi.
Nega birinchi o‘zgarish 82 daqiqada amalga oshirildi?Oxirgi daqiqalardan “Barsa” nega zarbalar bo‘yicha 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi?
Nega jamoa mavsum boshida Leo Messi va Filippe Koutinyo uchun qulay bo‘lgan 4-2-3-1 sxemasida to‘p surdiyu, aynan Klasikoda ikkita hujumchi va Koutinyo Valverde davrida o‘ynagan chap qanotda paydo bo‘ldi? Axir bu effektiv emasligini Kuman bilardiku?
“Barselona” pressingda nega unday harakat qildi? Biri oldinga harakat qilsa, boshqasi shunchaki qarab turdi. “Real”ga esa bunday imkoniyatdan foydalanishga 5 daqiqa kifoya qildi. Ular har ikkinchi o‘yinda xato qilishni kanda qilmaydigan Lenglening pozitsiyasidan hujum qilishni uddalashdi.
Kumanga savollarimiz bisyor. U o‘zining ilk Klasikoda mag‘lub bo‘ldi. U o‘yin bilan birga Messini ham o‘yini chiqmasligiga sababchi bo‘ldi. Leo uchun bu Klasiko 44 si edi. 2018 yil mayidan beri gol urmayotgan bo‘lsa-da, u hali ham Klasiko tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.
Batafsil o‘qish uchun ssilkaga bosing
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|