Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

Холис таҳлилчи блоги

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Leo davri quyoshining botishi. Messi “Oltin to‘p”ni ololmaslining 5 sababi

Baho:
+0; -1
Fransiyaning nufuzli France Football jurnali “Oltin to‘p 2019” mukofotiga da’vogarlik qiladigan 30 futbolchining nomini e’lon qildi.
Jarohat, turli mojarolar sabab mavsumning aksar qismini o‘tkazib yuborgan Neymar so‘nggi 8 yil ichida birinchi bor mazkur ro‘yxatdan tushib qoldi. Ammo  mukofotning asosiy da’vogari o‘zgargani yo‘q.
Yaqinda Lionel Messi FIFA tasnifiga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. U mazkur sovrin uchun azaliy raqibi Krishtianu Ronaldu va “Liverpul” yetakchisi Virjil van Deykdan ustun keldi.
Bu g‘alaba go‘yo “Oltin to‘p” g‘olibini ham aniqlab berdi. Ammo bunga bizning ishonchimiz komil emas, chunki:
4.Evropa Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlik
“Barselona” o‘tgan mavsum avvalidagi o‘yilari bilan o‘z muxlislarini muvaffaqiyatlarga ishontira oldi, endi ular jamoadan navbatdagi “Oltin trebl”ni kuta boshladilar.
ECHL masalasi muxlislar uchun ustuvor bo‘lib qoldi.2015 yildan beri ilk marta musobaqaning yarim finaliga yo‘l olgan kataloniyaliklar uchun uzoq kutilgan g‘alabagacha bir qadam qolgandi. Hattoki, “Liverpul”ga qarshi birinchi uchrashuv(3:0)dan keyin muxlislar final chiptalarini xarid qilishni boshladilar. Ammo “Enfild Roud”dagi javob uchrashuvi Messining Yevropadagi navbatdagi “fojea”siga aylandi.
Bilamizki, hakamlar hay’ati “Oltin to‘p” g‘olibini aniqlashda birinchi navbatda YECHLga e’tibor qaratishadi.
3.Amerika Kubogidagi omadsizlik
Amerika Kubogida yana eski voqea takrorlandi: Messi o‘zining “Barselona”dagi aksiga aylangandek edi va terma jamoa safida butunlay yo‘qolib qoldi.
Argentinalik muxlislar yana bir jamoa yetakchisiga ishonch bildirdilar, ammo u hech kimni g‘alabaga ilhomlantira olmadi. To‘g‘ri, terma jamoa yarim finalga chiqdi, biroq buning uchun Messiga rahmat aytilmaydi. Paragvay darvozasiga kiritilgan yagona gol va bitta golli uzatma – bu darajadagi futbolchilar uchun muvaffaqiyatsizlikdan o‘zga hech narsa emas. 
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasini olg‘a boshlab UYEFA Millatdar Ligasida g‘alaba qozonishni uddaladi.
2.“Barselona”ning joriy mavsumdagi sust starti
“Oltin to‘p” uchun kurash hamon davom etmoqda. To‘g‘ri, asosan futbolchining o‘tgan mavsumdagi harakatlari muhimroq bo‘lsada, hakamlar hay’ati nomzodlarning hozirgi holatlariga ham e’tibor qaratishadi. Bu jabhada Leoning muammolari yetarli.
Argentinalik futbolchi yaxshi start ololmadi, chunki jarohatlar bilan bog‘liq muammolar hamon davom etmoqda. Ronalduning “Yuventus”dagi ahvoli ancha yaxshi. Van Deyk haqida gapirmasa  ham bo‘ladi.
Kiritilgan sana: 25.10.2019 01:21. O'kildi: 4609 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.